Paxta terim puli oshdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishPaxta terimchisi
Paxta terimchisi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hujjatga muvofiq, birinchi bosqichda qo‘lda terilgan xom-paxtaning bir kilogrammi uchun mehnat haqi 450 so‘m, ikkinchi bosqichda, ya’ni 2017-yilning 1-oktabridan boshlab bu summa 500 so‘m etib belgilandi

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumati 2017-yilda paxta terimi uchun mehnatga haq to‘lash tariflarini belgiladi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Paxta terimidagi yigitlar - Sputnik O‘zbekiston
Quronboyev paxta terimida yetakchilik qilayotgan yoshlar haqida ma’lumot berdi
Hujjatga muvofiq, birinchi bosqichda qo‘lda terilgan xom-paxtaning bir kilogrammi uchun mehnat haqi 450 so‘m, ikkinchi bosqichda, ya’ni 2017-yilning 1-oktabridan boshlab bu summa 500 so‘m etib belgilandi.

Mashinada terilgan xom-paxta uchun tarif stavkalari bir tonnaga 260 ming etib belgilangan.

Fermer xo‘jaliklariga paxta terimchilari o‘rnatilgan narxlar bo‘yicha to‘lovni har besh kunda, shunga zarurat bo‘lsa har kuni amalga oshirish tavsiya etilgan.

O‘z navbatida mahalliy ijro organlari ham paxta terimchilariga mehnat haqi o‘z vaqtida amalga oshirilayotganini qat’iyan nazorat qilib borishlari kerak.

Yangiliklar lentasi
0