Iqtisod

Rossiya Toshkentda aroq zavodini quradi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishAroq zavodidagi ish
Aroq zavodidagi ish - Sputnik Oʻzbekiston
Loyiha 2020 yilga topshirilishi rejalashtirilgan

TOSHKENT, 25 sen — Sputnik. Toshkentda yaqin yillar ichida yangi liker-aroq zavodi quriladi. Zavodda mahsulotlar "lyuks" toifasidagi eng oliy navli spirtdan ishlab chiqariladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Alkogolnaya produktsiya v magazine v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistondagi yirik spirt va aroq-vino kompaniyalari birlashtirildi
Zavod qurilishi bilan Premium Uzbekistan qoʻshma korxonasi shugʻullandi, korxonaning 51% aktsiyalari Rossiyaning "Selena" kompaniyasiga, 49%esa  - "Oʻzbekiston temir yoʻllari" kompaniyasiga tegishlidir.

Yangi quvvat Toshkent mexanik zavodi bazasida quriladi. Zavod qurilishida eng soʻnggi texnologiyalardan foydalanish rejalashtirilmoqda.

Loyiha 2020 yilga kelib topshirilishi belgilangan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda birinchi yarim yillikda 29,8 million litr aroq mahsulotlari, 367 ming litr konyak va 12,6 million litr uzum musallasi ishlab chiqarilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala