Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Obuna bo‘lish
Qozog‘iston delegatsiyasi Samarqandda Hazrati Xizr va Imom Buxoriy ziyoratgohlari, Amir Temur maqbarasida ham bo‘ldi

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Qozog‘iston parlamenti delegatsiyasi O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti qabriga gul qo‘yib, Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi, Qur’on tilovat qilindi.

V Tashkente otkrili pamatnik pervomu Prezidentu Uzbekistana Islamu Karimovu - Sputnik O‘zbekiston
Nursulton Nazarboyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi

Qozog‘iston senati raisi Kasim-Jomart Tokayev Islom Karimov O‘zbekiston mustaqilligi uchun jasorat ko‘rsatgan va mustaqillikni mustahkamlash, davlatni har tomonlama rivojlantirish uchun fidoyilik ko‘rsatgan buyuk siyosatchi ekanini ta’kidladi, deb xabar bermoqda "Jahon" AA.

Qozog‘iston delegatsiyasi shuningdek, Hazrati Xizr va Imom Buxoriy ziyoratgohlari, Amir Temur maqbarasi, Registon majmuasi, Bibixonim masjidi, Siyob dehqon bozorida ham bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston parlamenti vakillari Senat va Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muzokaralar o‘tkazish uchun O‘zbekistonga keldi.

Yangiliklar lentasi
0