O‘zbekistonda Italiya kinosi kunlari bo‘lib o‘tadi

© PixabayKinoplenka
Kinoplenka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hozirda nomzod kartinalar "O‘zbekkino" mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Shu yilning oktabrida Toshkent shahrida "Italiya kinosi kunlari" festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda "O‘zbekkino" Milliy agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Lola Karimova-Tillyayeva s suprugom Timurom Tillyayevim na 74-m Venetsianskom kinofestivale - Sputnik O‘zbekiston
Buyuk Mirzo Ulug‘bek haqida film Venetsiya kinofestivalida nufuzli mukofot oldi

Xabarda aytilishicha, kecha "O‘zbekkino" Milliy agentligida Italiya elchisi Andrea Bertossi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda shu yilning oktabr oyida Toshkent shahrida "Italiya kinosi kunlari" festivalini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan mazkur kinofestival uchun nomzod kartinalar hozirda "O‘zbekkino" mutaxassislari tomonidan o‘rganilmoqda.

Festival sanasiga sal keyinroq aniqlik kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0