Rossiya Toshkentdagi aviatsiya zavodini qayta ishga tushirish imkoniyatini o‘rganmoqda

© Sputnik / Sergey Gavrilenko / Mediabankka o‘tishSamolet Il-114-100
Samolet Il-114-100 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya tomoni TAPOiChda saqlanayotgan samolyot fuzelyajlarini sotib olish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalanishga tayyorligini bildirdi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Rossiyalik tadbirkorlar Toshkentdagi Chkalov nomidagi sobiq aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida (TAPOiCh) samolyotlar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Rossiya savdo-sanoat palatasi vitse-prezidenti Vladimir Padalkoning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirish mumkin bo‘lgan ko‘plab loyihalar mavjud.

Noviy dvigatel dlya Il-114-300 - Sputnik O‘zbekiston
Il-114-300 samolyoti uchun yangi dvigatel sinovdan o‘tdi

"Tez orada O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyani birlashtiruvchi neft quvuri, shuningdek, neftni qayta ishlash zavodi ishga tushishi hech kimga sir emas. Metallurglar bilan ham ishlar yaxshi ketmoqda. Toshkent aviatsiya zavodida Rossiya aviatsiya sanoati uchun ishlab chiqarishni tashkil etishni o‘ylab ko‘rmoqdamiz", — dedi u Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes-forum davomida.

Qayd etish joiz, Toshkentdagi mazkur zavodda 2012-yilga qadar Il-114 samolyotlari ishlab chiqarilgan. Jami bo‘lib 17ta samolyot tayyorlangan. Il 114-100 samolyotining o‘zbekcha versiyasi sezilarli o‘zgarishlarga uchragan. U Rockwell Collins kompaniyasining avionikasi (elektron tizim), Pratt&Whitney Canada aviadvigatellari, Hamilton Sundstrand havo parraklari va Honeywell kompaniyasining qo‘shimcha quvvat qurilmalari bilan jihozlangan.

Hozirda Rossiyada Il-114-300 samolyotlarini turkum ishlab chiqarish muhokama qilinmoqda. 2021- 2029-yillar davomida jami 100ta — yiliga 12 donadan samolyot ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Rossiya tomoni TAPOiChda saqlanayotgan samolyot fuzelyajlarini sotib olish hamda O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan uskunalardan foydalanishga tayyorligini bildirdi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Milliy aviakompaniyasi ushbu turdagi samolyotlardan 18-yildan buyon foydalanadi va unga texnik xizmat ko‘rsatish hamda uchuvchilar tayyorlashda ulkan tajribaga ega. Toshkentda bu turdagi samolyotlar uchun dunyoda yagona bo‘lgan Full-flight trenajori qurilgan. Kabina haqiqiy samolyot kabinasi bilan millimetrigacha bir xilda.

Yangiliklar lentasi
0