Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi sahifasiga rasmiy maqom berildi

© Press-slujba prezidenta RUzPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shermatovning ta’kidlashicha, bu Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga doir axborotlarni yanada kengroq ommaga tarqatishga imkoniyat beradi, uni turli boshqa norasmiy akkauntlardan farqlab, qidiruv jarayonlarida birinchi qilib ko‘rsatadi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Facebookdagi sahifasiga rasmiy maqom berildi. Bu haqda O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbari Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

"Facebook kompaniyasi vakillari uchrashuv vaqtida bergan va’dalari ustidan chiqmoqdalar. Mana, bugundan boshlab Prezidentimizning Facebookdagi sahifalariga kompaniya tomonidan tekshirilib, unga rasmiy status (ko‘k rangdagi belgi) berildi", — deb yozadi Shermatov.

Shermatovning ta’kidlashicha, bu Shavkat Mirziyoyevning faoliyatiga doir axborotlarni yanada kengroq ommaga tarqatishga imkoniyat beradi, uni turli boshqa norasmiy akkauntlardan farqlab, qidiruv jarayonlarida birinchi qilib ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0