Toshkentda "oltin" avtoraqam deyarli yuz million so‘mga sotildi

© Foto : Novosti Uzbekistana"Krasivie" nomera na avtomobil v Uzbekistane
Krasivie nomera na avtomobil v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu yil yakuniga qadar onlayn-auksion savdolarda 18 ming dona avtomobil raqamini sotish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 29 sen — Sputnik. Poytaxtlik tadbirkor onlayn-auksionda deyarli yuz million so‘mga avtoraqam sotib oldi, deb xabar berdi nuz.uz.

Kecha bo‘lib o‘tgan auksionda 01 777 WEA avtoraqami 97 mln 653 ming 300 so‘mga sotilgan.

Bundan tashqari, 01 S 777 AV raqami deyarli 82 mln so‘mga, 01 E 777 AV raqami deyarli 74 mln so‘mga sotilgan.

© nuz.uzToshkentda "oltin" raqam deyarli 100 mln so‘mga sotildi
Zolotoy nomer prodan za pochti 100 mln sumov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda "oltin" raqam deyarli 100 mln so‘mga sotildi

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Z 770 ZA avtoraqamini 50 million 773 ming so‘mga sotib olgandi.

Avtomobil raqamlarining savdosi 5-sentabr kuni yangi maxsus birja savdo platformasida yo‘lga qo‘yildi. Onlayn-auksionda barcha istak bildirganlar qatnashishi mumkin.

Bugungi kunda Toshkent IIV YHXBB tomonidan auksionga 70 ga yaqin har xil turdagi raqamlar qo‘yilgan.

Shu yil yakuniga qadar onlayn-auksion savdolarda 18 ming dona avtomobil raqamini sotish rejalashtirilgan.

Tashkilotchilar "chiroyli" avtomobil raqamlarini onlayn-auksionlarda sotuvi natijasida 380 mlrd so‘m foyda ko‘rish rejalashtirganlar.

Yangiliklar lentasi
0