Oʻzbekiston ombudsmani turmalardagi qiynoqlarning oldini olish mexanizmini yaratadi

© Sputnik / Andrey Stenin / Fotobankka oʻtishPodsledstvennыy v SIZO "Matrosskaya tishina"
Podsledstvennыy v SIZO Matrosskaya tishina - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Ombudsman mazkur sohada mavjud tajribani umumlashtirish, xorijiy mamlakatlar amaliyotini keng va har tomonlama oʻrganishni ham rejalashtirgan

TOSHKENT, 29 sen — Sputnik. Ombudsman qiynoqlarni oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmni shakllantirishga kirishdi, deb xabar qildi Ombudsman matbuot-xizmati.

Mazkur mexanizm quyidagilarni nazarda tutadi:

Jamiyat
Oʻzbekistonliklar qamoqxonaga savol berishlari mumkin boʻldi
- Jazoni oʻtash, qamoqda saqlash muassasalari va maxsus qabulxonalarda qonunchilik bilan kafolatlangan inson huquq va erkinliklarini taʼminlanganligini oʻrganish boʻyicha monitoring ishlarini tashkillashtirish;

— Ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning qiynoq va zoʻravonlik holatlari boʻyicha murojaatlarining maxsus tartibi;

— Ombudsmanning ushbu yoʻnalish boʻyicha parlament nazoratining boshqa subʼyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV bilan hamkorligi, shuningdek boshqa chora-tadbirlar.

Ombudsman mazkur sohada mavjud tajribani umumlashtirish, xorijiy mamlakatlar amaliyotini keng va har tomonlama oʻrganishni ham rejalashtirgan.

Xabarda shuningdek, ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar Ombudsmanga yozma (xat va telegrammalar) shaklda cheklanmagan miqdorda murojaat yoʻllashi mumkinligi taʼkidlangan.

Jazoni oʻtash, qamoqda saqlash muassasalari va maxsus qabulxonalar Ombudsmanga ushlab turilgan, qamoqqa olingan, maʼmuriy qamoqqa olingan va ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar murojaatlarini muhrlangan holatda 24 soatdan kechiktirmasdan joʻnatadi.

Ayollar kamerasi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ayollar koloniyasida farzandkushlarni nima qilishadi - sobiq koloniya xodimasi hikoyasi

Telegrammalar shu zahotiyoq joʻnatilishi belgilangan. Ombudsman javobi jazoni oʻtash muassasalari tomonidan koʻrilishiga yoʻl qoʻyilmaydi va olingan zahoti murojaat egasiga topshiriladi.

Qiynoqlarni oldini olish boʻyicha milliy preventiv mexanizmning shakllantirilishi huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan operativ-qidiruv faoliyatini va jazoni oʻtashga oid vazifalarni amalga oshirishda inson huquq va manfaatlarining buzilishi holatlarini oldini olishga, milliy qonunchilikni xalqaro huquqiy-meʼyoriy hujjatlar bilan muvofiqlashtirishga xizmat qiladi, deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0