TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. "Postda" gazetasi xabariga koʻra, Oʻzbekiston IIV tarkibida bir necha yangi kadrlar tayinlangan.
Polkovnik Sabirjan Irisbekov — IIV Akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari, kadrlar boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.
Podpolkovnik Rajabboy Otajonov — IIV Akademiyasi boshligʻi oʻrinbosari, obodonlashtirish boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.
Podpolkovnik Nabijon Xazratov — IIV huzuridagi xodimlarni dastlabki tayyorlash markazi boshligʻi etib tayinlandi.
Podpolkovnik Shoxruxbek Nazirov — Andijon viloyati Jinoiy qidiruv boʻlimi boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Mayor Omadjon Akbarov — Andijon viloyati Buloqboshi tumani IIB boshligʻi vazifasiga tayinlandi.