TOSHKENT, 1 okt — Sputnik. Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar uchun 1 oktyabrdan boshlab bojxona soliqlari kamaytirildi, deyilgan Oʻzbekiston prezidentining yangi qarorida.
Bundan buyon Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar, Oʻzbekiston hududiga olib kirilganda ularning bojxona qiymatidan 2% miqdorida aktsiz soligʻi olinadi. Dvigatel hajmi va otkuchiga doir boshqa soliqlar bekor qilindi.
Oldin faqat Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan avtomobillar shunday imtiyozli soliq miqdorlari qoʻllanilar edi.Qozogʻistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar esa dvigatel hajmining har bir sm/kubi uchun 2,4 $ miqdorida aktsiz soligʻi olinar edi.
Eslatib oʻtamiz, bundan biroz olin Qozogʻiston Avtombil ishlab chiqaruvchilari uyushmasi “KazAvtoProm” Qozogʻiston Iqtisodiyot vaziriga Oʻzbekiston va Qozogʻiston orasida avtomobillarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona soliqlarini muvofiqlashtirishni soʻrab murojaat qilishgan edi.