Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki delegatsiyasi O‘zbekistonga keldi

© East NewsEuropean Bank for Reconstruction and Development
European Bank for Reconstruction and Development - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, tashqi ishlar, moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirliklari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. 2017-yilning 28-sentabr kuni Toshkent shahriga Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining Markaziy Osiyo va Rossiya bo‘yicha boshqaruvchi direktori Natalya Xanjenkova boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Delegatsiya tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, tashqi ishlar, moliya, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirliklari, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasidagi uchrashuvlar va muzokaralar o‘rin olgan.

Delegatsiya, shuningdek, Navoiy shahriga tashrif buyurib, u yerda "Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan hamkorlik mexanizmlari" trening-seminarida ishtirok etadi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0