Jamiyat

Senat Qirgʻiziston bilan chegara toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

© senat.uzPlenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan
Plenarnoye zasedaniye Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Qirgʻiziston prezidenti ratifikatsiya haqidagi qonunni 2 oktyabr kuni imzolagandi

TOSHKENT, 4 okt — Sputnik. Oliy Majlis Senati 12-yalpi majlisida 5 sentyabr kuni Bishkekda imzonlangan Oʻzbekiston bilan Qirgʻiziston oʻrtasidagi davlat chegaralari toʻgʻrisidagi shartnomani ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonun maʼqullandi.

Pogranichnik na smotrovoy vыshke. Granitsa Kыrgыzstana - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston yana chegara masalasida uchrashdi

Qonun prezident tomonidan imzolanganidan soʻng kuchga kiradi.

Qirgʻiziston prezidenti ratifikatsiya haqidagi qonunni 2 oktyabr kuni imzolagandi.

Bishkekda 5 sentyabr kuni boʻlib oʻtgan uchrashuvda ikki davlat prezidentlari bahsli hududlar haqidagi muzokaralar davom etishini va tez orada hal etilishini bildirishgandi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi chegaralarni demarkatsiya va delimitatsiya qilish masalalari boʻyicha ishchi guruhlari 21-31 avgust kunlari Bishkekda, soʻngra Toshkentda uchrashuvlar oʻtkazgandi.

Yangiliklar lentasi
0