Prezidentlar O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

© Press-slujba prezidenta KR / Sultan Dosaliyev Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev v xode vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva, pribivshim v KR s gosudarstvennim vizitom
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev v xode vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva, pribivshim v KR s gosudarstvennim vizitom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanishar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev "O‘zekspomarkaz"da tashkil etilgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Almazbek Atambayev Toshkentga yetib keldi

Ko‘rgazmada mamlakatlar so‘nggi yillarda iqtisodiyot sohasida erishgan yutuqlar, sanoatning turli tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalar mahsulotlari, ilmiy-ishlab chiqarish markazlarining innovatsion loyiha va ishlanmalari namoyish etilmoqda.

Prezidentlar ekspozitsiya bilan tanishar ekan, ikki mamlakat o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirishda bunday ko‘rgazmalar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdilar.

Mamlakatlar iqtisodiyot tarmoqlari o‘rtasida hamkorlikning mustahkamlanishi ishlab chiqarish jarayoni takomillashishi va mahsulotlarning yanada ommaviylashishiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keldi.

Yangiliklar lentasi
0