Endi xorijga 30 kilogrammgacha og‘irlikda posilka jo‘natish mumkin

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishObrabotka pochtovix posilok
Obrabotka pochtovix posilok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunga qadar bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 20 kg gacha qabul qilingan va jo‘natib kelingan edi

TOShKENT, 5 okt — Sputnik. "O‘zbekiston pochtasi" AJ 5-oktabrdan boshlab bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligini 30 kg.gacha oshirdi. Bu haqda "O‘zbekiston pochtasi" axborot xizmati ma’lum qildi.

Denejnie kupuri Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston pochtasi" xalqaro pul o‘tkazmalarini qayta yo‘lga qo‘ydi

"Shu kunga qadar bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 20 kg gacha qabul qilingan va jo‘natib kelingan edi. Endi esa mijozlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida bir dona xalqaro posilka jo‘natmasining og‘irligi 30 kg gacha oshirildi", deyiladi xabarda. i.

"O‘zbekiston pochtasi" AJ 1994-yildan boshlab Butunjahon pochta ittifoqining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi hamda shunga asosan barcha davlatlar bilan xalqaro pochta almashinuvlarini amalga oshirib keladi.

Yangiliklar lentasi
0