Siyosat

Almazbek Atambayev Qirgʻizistonga joʻnab ketdi

© Press-sluba prezidenta UzbekistanaPrezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi

TOSHKENT, 6 okt — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentda boʻlgan prezident Almazbek Atambayev bugun Qirgʻizistonga joʻnab ketdi.

Prezident Almazbek Atambayev i Prezident Shavkat Mirziyoyev podpisali Deklaratsiyu O strategicheskom partnerstve, ukreplenii doveriya, dobrososedstva mejdu Kыrgыzskoy Respublikoy i Respublikoy Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Atambayev - Mirziyoyevga: Men sizni hamisha oʻzimni akam deb hisoblaganman
Oliy martabali mehmonni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuzatib qoʻydi.

Avval xabar qilinganidek, tashrifning asosiy tadbirlari 5 oktyabr kuni boʻlib oʻtdi.

Almazbek Atambayev Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Prezidentlar "Oʻzekspomarkaz"da tashkil etilgan Qirgʻiziston milliy mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdilar.

Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtgan muzokaralarda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, energetika, qishloq xoʻjaligi, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi, qator hujjatlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0