FVV Vladimirdagi YTH bo‘yicha ma’lumot beruvchi telefon raqamlarini e’lon qildi

© Sputnik / Anton Beliskiy / Mediabankka o‘tishV Sentre upravleniya v krizisnix situatsiyax
V Sentre upravleniya v krizisnix situatsiyax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlik halokat bo‘yicha ma’lumotlar hamda psixologik yordam olish mumkin bo‘lgan telefon raqamlarini e’lon qildi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH munosabati bilan maxsus aloqa liniyasini ishga tushirdi.

Kadri s mesta stolknoveniya passajirskogo avtobusa i poyezda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston hukumati Vladimirdagi fojia jabrdiydalariga yordam ko‘rsatadi

"Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jabrlanganlarnining yaqinlari va qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi FVVning telefon raqami: +998(71) 234-87-20;O‘zbekiston Respublikasi FVVning yagona ishonch telefoni: +998(71) 147-10-50, O‘zbekiston Respublikasi FVVning psixologik yordam ko‘rsatish: +998(71) 234-15-26 telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin", deyiladi FVV matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, Rossiya FVVning +7(495) 983-79-01 hamda yagona ishonch telefoni: +7(499) 216-99-99 raqamlariga ham murojaat qilish mumkinligi bildirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 6-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Vladimir viloyatida avtobus va yo‘lovchi poyezdi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Uning oqibatida 16 nafar O‘zbekiston fuqarosi hayotdan ko‘z yumdi.

Yangiliklar lentasi
0