O‘zbekistonlik qorilar xalqaro Qur’oni karim musobaqalarida ishtirok etadi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKoran i chetki
Koran i chetki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, 7 - 9-oktabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida XVIII Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tadi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Toshkent islom instituti bitiruvchisi Saydulloh qori Tohirov va "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom bilim yurti talabasi Abdulbasir qori Kamolov Makka shahrida o‘tkaziladigan XXXIX Xalqaro Qur’oni karim musobaqasida ishtirok etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketishdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Moskva jome’ masjididagi Qur’on festivali tadbiri - Sputnik O‘zbekiston
Hatto Pushkin madh etgan kitob - Moskvadagi Qur’on festivalidan reportaj

7-11 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan ushbu musobaqada 50 dan ortiq davlatdan kelgan 200 ga yaqin qorilar ishtirok etadi.

Shuningdek, 7 — 9-oktabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahrida XVIII Xalqaro Qur’oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Mazkur musobaqada qatnashish uchun 32 mamlakat vakillari tashrif buyurdi. Ushbu musobaqada Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi "Hazrati Umar" jome masjidi imomi noibi Valixon qori Azimboyev ham qatnashadi.

Yangiliklar lentasi
0