O‘zbekiston prezidenti Putinni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora
Prezident RF Vladimir Putin vo vremya telefonnogo razgovora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni telefon orqali tabriklagan

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga tug‘ilgan kuni munosabati bilan dunyo mamlakatlari rahbarlaridan tabriklar kelmoqda deb xabar qildi Kreml matbuot-xizmati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
"Biz ularni hojatxonada gumdon qilamiz" yoxud Putinning eng yorqin iboralari
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni telefon orqali tabriklagan.

O‘zbekiston rahbari Rossiya prezidentini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga sihat-salomatlik va davlat rahbari sifatidagi serqirra faoliyatiga muvaffaqiyatlar, Rossiya xalqiga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tiladi.

Vladimir Putinni shuningdek, Armaniston prezidenti Serj Sargsan, Ozarbayjon Respublikasi rahbari Ilxom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Mo‘g‘uliston prezidenti Xaltmagiyn Battulga, Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo, Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich, shuningdek, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax telefon orqali muborakbod etishgan.

Yangiliklar lentasi
0