Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi san’atkorlar O‘sh shahriga kelishdi

© SPUTNIK / Zulfiya TURGUNOVAArtisti iz Uzbekistana pribili v Osh
Artisti iz Uzbekistana pribili v Osh - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan artistlar, "O‘zbekiston", "Navbahor" raqs ansambllari, madaniyat va san’at arboblari joy olishgan

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. O‘zbekiston madaniyat arboblari va san’atkorlaridan iborat delegatsiya O‘sh shahriga tashrif buyurdi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston.

Konsert-otkritie Dney uzbekskoy kulturi v Rossii v Gosudarstvennom Kremlevskom dvorse - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi

O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov boshchiligidagi delegatsiyani O‘sh aeroportida vitse-mer Nurbek Qodirov, O‘sh viloyati siyosiy raisi o‘rinbosari Bayish Yusupov, shahar ahli kutib oldi.

Delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston xalq artistlari va xizmat ko‘rsatgan artistlar, "O‘zbekiston", "Navbahor" raqs ansambllari, madaniyat va san’at arboblari joy olishgan.

O‘sh shahrida "Oyqiz ertagi" filmi namoyish etiladi, san’at ustalari ishtirokida konsert o‘tkaziladi.

© SPUTNIK / Zulfiya TURGUNOVAO‘zbekistonlik san’atkorlar O‘sh shahrida
Artisti iz Uzbekistana pribili v Osh   - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik san’atkorlar O‘sh shahrida

 

"Zamonaviy O‘zbekiston" fotoko‘rgazmasini ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5-8 oktabr kunlari Qirg‘izistonda O‘zbekiston madaniyati kunlari o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0