AQSh Afg‘onistonga ikkita "Qora qirg‘iy" vertolotini topshirdi

© AFP 2023 / DAVID FURSTAmerika harbiylari
Amerika harbiylari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Qobul Harbiy Havo Kuchlari parkini yangilashni rejalashtirayotgani haqida bayonot bergan edi

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Amerika Qo‘shma Shtatlari shanba kuni afg‘on mudofaa kuchlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida Afg‘onistonga ikkita Black Hawk vertolotlarini topshirdi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo News telekanaliga tayangan holda.

Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tramp ma’muriyatining Afg‘onistonga oid da’vatini qo‘llab-quvvatladi
Nashr xabariga ko‘ra, AQSh Afg‘onistonga jami 150 dona Black Hawk vertolotlarini berishni rejalashtirgan. Rasmiy Qobul vertolotlarning birinchi partiyasini o‘tgan oyda qabul qilgan, qolgan qismi Afg‘onistonga yaqin fursatda yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Ilgariroq Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Qobul Harbiy Havo Kuchlari parkini yangilashni rejalashtirayotgani haqida bayonot bergan edi. Turli ma’lumotlarga ko‘ra, g‘arblik hamkorlar, shu jumladan AQSh ham, ushbu maqsadlarga 6-7 milliard dollar mablag‘ ajratishi mumkin. G‘ani harbiy qismlarning biriga qilgan tashrifi chog‘ida AQShning Afg‘onistonga nisbatan yangi strategiyasida moliyaviy yordamning ko‘paytirilishi ko‘zda tutilganini aytgan edi.

Yangiliklar lentasi
0