Atambayev ko‘zida yosh bilan Jumaqodirov haqida nutq so‘zladi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPoxoroni Temira Djumakadirova
Poxoroni Temira Djumakadirova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirov dafn qilindi. Sputnik Qirg‘iziston nashri voqea joyidan onlayn translyatsiya olib bordi

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Avtohalokatda vafot etgan Qirg‘iziston Bosh vaziri o‘rinbosari Temir Jumaqodirovning dafn marosimi yakunlandi, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Gosudarstvenniy flag Kirgizskoy Respubliki - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston Bosh vazir o‘rinbosari Jumaqodirov YTHda halok bo‘ldi
"Jumaqodirov Bishkek yaqinidagi Ola-Archa qabristonida dafn etildi. Shundan so‘ng Milliy Gvardiya harbiy xizmatchilari davlat organlari kollektivlaridan yuborilgan gulchambarlarni qabr ustiga joylashtirdilar", — deyiladi xabarda.

Temir Jumaqodirov 7-oktabr kuni Moskva tumani Sadovoe qishlog‘ida ro‘y bergan avtohalokat oqibatida olamdan o‘tdi. Land Cruiser yo‘ltanlamasi va katta yuk mashinasi to‘qnashib ketgan. Bosh vazir o‘rinbosaridan tashqari uning yordamchisi va haydovchisi ham hodisa joyida halok bo‘lishgan. Ushbu YTH yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan, KamAZ haydovchisi SIZOga joylashtirilgan.

Dafn qilish marosimida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Temir Jumaqodirov haqida nutq so‘zlagan.

© Sputnik / Tabildi KadirbekovPoxoroni Temira Djumakadirova
Poxoroni Temira Djumakadirova - Sputnik O‘zbekiston
Poxoroni Temira Djumakadirova

"Bugun biz men unga juda katta umidlar bog‘lagan inson bilan vidolashmoqdamiz. U mamlakatning bo‘lg‘usi yetakchisi, juda haqparvar va o‘z yoshiga nisbatan o‘ta donishmand edi. U korrupsiyaga qarshi kurash, kuch tuzilmalaridagi islohotlar uchun ko‘p ishlarni amalga oshirdi, uzoqni ko‘ra biladigan, zakovatli edi. Men ko‘pincha u bilan maslahatlashardim… U osmonda yarq etgan, ammo qora bulutlar uni to‘sib qo‘ygan bir yulduz edi. Lekin u o‘zidan iz qoldirdi", — dedi Atambayev.

So‘ngra prezident ko‘zida yosh bilan o‘z chiqishini to‘xtatgan.

Svechka. - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Atambayevga hamdardlik maktubi yo‘lladi

Dafn etish marosimida Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayevdan tashqari, Jog‘orku Kenesh spikeri Chinibay Tursunbekov, Bosh vazir Sapar Isakov va Oliy sud raisi Aynash Tokbayevalar ishtirok etishgan.

Isakov Jumaqodirovning tarjimai holini o‘qib eshittirgan.

Xayrlashuv marosimi o‘tkazilgan Qirg‘iziston milliy dramatik teatriga Temir Jumaqodirov bilan vidolashgani 500dan ortiq odamlar to‘planishgan.

Yangiliklar lentasi
0