Dunyoda

Rossiya snayperlari uzoq masofaga oʻq uzish boʻyicha absolyut rekord oʻrnatdi

© LobaevarmsSpetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak
Spetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiya snayperlari 4210 metr masofadagi nishonni zabt etib yangi mutlaq jahon rekordini oʻrnatishdi. Oldingi rekord 3450 metr boʻlib, AQSH snayperlari tomonidan oʻrnatilgan edi.

TOSHKENT, 9 okt – Sputnik. Rossiyalik snayperlar uzoq masofaga oʻq uzish boʻyicha yangi mutlaq jahon rekordi oʻrnatishdi, deb xabar qilmoqda «Voyennoye obozreniye» nashri.

© LobaevarmsSVLK-14 Cumrak
SVLK-14 Cumrak - Sputnik Oʻzbekiston
SVLK-14 Cumrak
Andrey Ryabinskiy boshchiligidagi snayperlar guruhi SVLK-14 snayper vintovkasi yordamida 4210 metr masofada oʻrnatilgan 1x1 m nishonni muvaffaqiyatli zabt etishdi.

“Bunday masofaga oʻq uzish uchun juda koʻp parametrlarni hisobga olish kerak: shamol tezligi, havo harorati va havo bosimi, derivatsiya,  hatto yer sharining aylanishini ham hisobga olish kerak. Biz jamoamiz bilan bunga 8 yil tayyorlandik”, — deydi  Ryabinskiy.

© LobaevarmsSpetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak
Spetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak - Sputnik Oʻzbekiston
Spetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak
Yangi rekord maxsus vintovka yordamida oʻrnatildi. Integratsiya qilingan tizimlar konstruktor byurosi – KBIS tarkibiga kiruvchi Lobaev Arms firmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “SVLK-14 Sumrak”  vintovkasi kalibri 40 mm, oʻq ogʻirligi 27 gramm boʻlgan maxsus patron bilan oʻq uzadi. 4,2 km masofani bosib oʻtish uchun ushbu oʻqga 13 sekund vaqt kerak boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, eng uzoq masofadagi nishonga olish boʻyicha bundan oldingi rekord AQSH snayperlariga tegishli boʻlib ularning natijasi 3450 metrni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala