O‘zbek chegarachilari bir oyda 126 chegarabuzarni qo‘lga olishdi

© Sputnik / Semiraga / Mediabankka o‘tishSoldat na granitse
Soldat na granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoidabuzarlarning asosiy qismi Qirg‘iziston bilan chegarada ushlandi - 62 kishi, Qozog‘iston bilan chegarada 54 kishi qonunni buzgan

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbek chegarachilari sentabr oyi davomida davlat chegarasini buzgan 126 qonunbuzarni qo‘lga olishdi, dedi Davlat chegaralarini qo‘riqlash bo‘yicha qo‘mita vakili Sputnik muxbiriga.

Uning aytishicha, qoidabuzarlarning asosiy qismi Qirg‘iziston bilan chegarada ushlandi — 62 kishi, Qozog‘iston bilan chegarada 54 kishi qonunni buzgan. Tojikiston bilan chegarada 8 kishi, Afg‘oniston bilan chegarada 2 kishi qo‘lga olingan.

Unichtojenie narkoticheskix sredstv - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek chegarachilari 3,5 kilo giyohvand modda olib kirilishining oldini olishdi

"Bundan tashqari, chegarachilar O‘zbekiston chegarasi orqali umumiy qiymati 1,91 milliard so‘mdan ortiqroq tovar-moddiy boyliklarning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi. Bunday urinishlar asosan Qirg‘iziston va Qozog‘iston bilan chegaralarda yuz bergan", — dedi kuch ishlatish tizimi vakili.

Xususan, 9-sentabr kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanidagi Adir qishlog‘i yaqinida Qirg‘iziston bilan chegarada katta miqdorda dori-darmonlarning noqonuniy olib o‘tilishiga barham berildi. Musodara qilingan dori mahsulotlarining qiymati 855 million so‘m deb baholandi. O‘sha kunning o‘zida Yangiqo‘rg‘on tumanining Namuna aholi maskanida Qirg‘izistondan 157 million so‘mlik dorilar noqonuniy olib kirilishining oldi olindi.

Barcha ushlangan tovar-moddiy boyliklar davlat hisobiga o‘tkazildi, qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston qonunchiligida belgilangan tartibda chora ko‘rildi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida O‘zbekiston chegarachilari davlat chegarasini buzgan 148 nafar shaxsni qo‘lga olishgan hamda 1,6 milliard so‘mlikdan ziyod valyuta va kontrabanda mahsulotlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yishgandi.

Yangiliklar lentasi
0