Iqtisod

"Simens" Oʻzbekistonda zavod qurish masalasini muhokama qildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishOfis kompanii Siemens v Moskve
Ofis kompanii Siemens v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Kompaniya vakillari Qashqadaryo viloyatida sunʼiy yonilgʻi ishlab chiqarish zavodi qurishni rejalashtirmoqda

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. "Simens" kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Ditrix Myoller rahbarligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi.
Tashrif doirasida delegatsiya Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashdi va energetika, sanoat hamda boshqa sohalardagi qoʻshma loyihalar muhokama qilindi.

Nefteperabatыvayuщiy zavod - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Enter Engineering kompaniyasi Jizzaxda neftni qayta ishlash zavodi quradi

Delegatsiya vakillari "Oʻzbekneftegaz" MXK boshqaruv raisining oʻrinbosari Ulugʻbek Sayidov bilan kelgusidagi texnologik hamkorlik va Qashqadaryo viloyatida sunʼiy suyuq yonilgʻi ishlab chiqarish zavodi qurish masalasi muhokama qilindi.

Shuningdek, "Oʻzbekenergo" AJ vakillari bilan uchrashuvda Sirdaryo issiqlik elektrostantsiyasini modernizatsiya qilish, mamlakat elektr tarmoqlari xoʻjaligida Smart Grid texnologiyalaridan foydalanish va shamol energetikasini rivojlantirish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.

"Oʻzbekiston Temir Yoʻllari" AJ rahbariyati bilan uchrashuvda temiryoʻllarni avtomatlashtirish sohasidagi hamkorlik muhokama qilindi.

"Biz Oʻzbekistonni istiqbolli bozor deb bilamiz va nafaqat energetika, balki sanoat, transport, binolar xavfsizligi va avtomatlashtirish yoʻnalishlarida hamkorlikni rivojlantirmoqchimiz. Hamkorlikning barcha yoʻnalishlari shu yilning iyulida Berlinda boʻlib oʻtgan Germaniya-Oʻzbekiston biznes forumi davomida Oʻzbekiston investitsiyalar boʻyicha qoʻmitasi imzolagan strategik hamkorlik toʻgʻrisidagi Memorandumda aks etgan", — dedi "Simens" kompaniyasining Rossiya va Markaziy Osiyodagi prezidenti Ditrix Myoller.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala