Jamiyat

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" - Markaziy Osiyoda eng yaxshi aviakompaniya

© Press-slujba "Uzbekiston xavo yullari""Uzbekskiye avialinii" priznanы luchshey aviakompaniyey v TSA
Uzbekskiye avialinii priznanы luchshey aviakompaniyey v TSA - Sputnik Oʻzbekiston
Kuala-Lumpurda oʻn ikkinchi marotaba oʻtkazilgan KLIA Awards — 2016 taqdimotida aviakompaniya vakillariga mukofot topshirildi

TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. "Oʻzbekiston havo yoʻllari" milliy aviakompaniya Markaziy Osiyoda yoʻlovchi tashish boʻyicha eng yaxshi xorijiy aviakompaniya mukofotiga sazovor boʻldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Hodisalar
Olmaotadan "Oʻzbekiston havo yoʻllari" samolyoti nosozligi tufayli ucha olmadi

Kuala-Lumpurda oʻn ikkinchi marotaba oʻtkazilgan KLIA Awards — 2016 taqdimotida aviakompaniya vakillariga mukofot topshirildi.

Anjumanda mukofotlarni taqdim etgan Malayziya aeroportlar uyushmasi boshqaruv direktori Datuk Badlisham Gazali soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston milliy aviakompaniyasi Markaziy Osiyo mamlakatlaridan birinchilardan boʻlib KLIA xalqaro aeroportiga Voeing 787 Dreamliner "Orzu laynerida" muntazam parvozlarini yoʻlga qoʻygan.

Bu yil anjumanda doimiy ishtirokchilardan tashqari yangi aviakompaniyalar ham ishtirok etishdi. Ular ichida Himalaya Airlines, Thai Smile Airways, US Bangla Airlines, JC Combodia, Cathay Dragon va Batik Air Indonesia. Shuningdek, uchta yangi toifalar kiritildi. Bular Markaziy Osiyoga yilning xorijiy aviakompaniyasi (yoʻlovchilarni tashish), yilning davlat agentligi, yilning kichik va oʻrta xajmdagi korxonasi.

© Press-slujba "Uzbekiston xavo yullari""Uzbekskiye avialinii" priznanы luchshey aviakompaniyey v TSA
Uzbekskiye avialinii priznanы luchshey aviakompaniyey v TSA - Sputnik Oʻzbekiston
"Uzbekskiye avialinii" priznanы luchshey aviakompaniyey v TSA

Eslatib oʻtamiz, KLIA Awards har yili Malayziya aeroportlar uyushmasi — Malaysia Airports Holding Berhad tomonidan oʻtkaziladi mukofot anjumani hisoblanadi. Mukofot egalari har yilgi yoʻlovchilarni tashish, oʻsish surati, savdo koʻrsatkichlari, xalqaro eʼtirof hamda xizmat koʻrsatishdagi ustunlik yoʻnalishlar boʻyicha tanlanadi.

"Oʻzbekiston havo yoʻllari" va Kuala-Lumpur (KLIA) xalqaro aeroporti oʻrtasidagi 25 yil davomida oʻzaro hamkorlik mustahkamlab borilmoqda. Bugun MAK samolyotlari muntazam, haftasiga ikki marta dunyoda eng koʻp qatnovlar boʻlgan aeroportga xavfsiz parvozlarni amalga oshirmoqda. Ushbu aeroportda 60 ta aviakompaniyaga xizmat koʻrsatilib, 120 yoʻnalishlar boʻyicha parvozlar amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala