Qozog‘iston va Qirg‘iziston chegarasida ulkan navbatlar hosil bo‘lmoqda

© Sputnik / Foto ochevidsaOcheredi na Kazaxsko-Kirgizskoy granitse
Ocheredi na Kazaxsko-Kirgizskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Qirg‘iziston va Qozog‘iston chegarasida ro‘y berayotgan vaziyat ustidan shikoyat qilishmoqda. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston tomon qirg‘izistonliklar uchun chegaradan o‘tishni qiyinlashtirgan, deb xabar qildi Sputnik Qirg‘iziston nashri

TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Qozog‘iston bilan chegarada kuchaytirilgan tartibda xizmat joriy etilgan, deb xabar qildi Qirg‘iziston Respublikasi Chegara oldi xizmatiga tayangan holda Sputnik Qirg‘iziston nashri.

Flag respubliki Kazaxstan - Sputnik O‘zbekiston
Qozog‘iston TIV Atambayevning bayonotidan keyin keskin norozilik bildirdi

Qirg‘iziston Chegara oldi xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kuchaytirilgan xizmat turi 10-oktabr kuni 18.00dan qozog‘istonlik chegarachilar tomonidan kiritilgan. Shu munosabat bilan ayni vaqtda Qirg‘izistonning Qozog‘istonga o‘tish chegara qismida fuqarolar, yuk mashinalaridan iborat ulkan navbat kuzatilmoqda.

Qirg‘iziston chegara oldi xizmati chegara nazorati davomida Qirg‘iziston tomondan hech qanday cheklovlar o‘rnatilmaganini ma’lum qilgan.

"Oq Jol" chegara-o‘tkazuv punktida soatlar navbatda turishga majbur bo‘layotgan yo‘lovchilar ikki davlat rahbariyatiga o‘z noroziliklarini bildirishmoqda, deb yozgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0