O‘zbekiston Professional futbol ligasi bosh direktori o‘zgardi

© http://the-uff.comFederatsiya futbola Uzbekistana
Federatsiya futbola Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu vaqtga qadar O‘zPFL bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov o‘z vazifasidan ozod etildi

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekiston Futbol Federatsiyasining navbatdan tashqari yig‘ilishida O‘zbekiston Professional Futbol Ligasi rahbariyatidagi o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi. Bu haqda federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Federatsii futbola Uzbekistana Umid Axmadjanov - Sputnik O‘zbekiston
Federatsiyaning 90 foiz xodimi almashadi - O‘FF prezidenti

Shu vaqtga qadar O‘zPFL bosh direktori lavozimida ishlab kelgan Farhod Magametov o‘z vazifasidan ozod etildi. Uning o‘rniga Omon G‘ofurov O‘zPFL bosh direktori etib tayinlandi.

G‘ofurov Omon Fayzullayevich 1984-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Faoliyati davomida sport tashkilotlari, shu jumladan, O‘zbekiston Madaniyat va sport ishlari vazirligida turli lavozimlarda ishlagan. Rus, ispan va ingliz tillarida so‘zlasha oladi.

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq O‘zbekiston Futbol Federatsiyasi prezidenti Umid Ahmadjonov mamlakat futbol tizimi rahbariyatida katta o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0