Mirziyoyev va Putin ikki mamlakatning bugungi hamkorligini yuqori baholashdi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (sleva) vo vremya vstrechi
Prezident RF Vladimir Putin i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev (sleva) vo vremya vstrechi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Sochida MDH sammiti boshlanishi oldidan Vladimir Putin bilan uchrashdi

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Sochida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, uchrashuv Sochi shahrida bo‘lib o‘tadigan MDH sammiti boshlanishi oldidan bo‘lib o‘tdi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Cochi shahriga keldi

Putin Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida har ikki tomon faol ishlayotganligini qayd etdi.

"Bu sezilarli natijalarni berayotganligini qayd etmoqchiman. Agar o‘tgan yili o‘zaro tovar almashish hajmi ozgina pasaygan bo‘lsa, bu yil aksincha: yilning dastlabki sakkiz oyi davomida 20 foizdan ortiqroqqa o‘sdi. Demak, yil yakunida bu ko‘rsatkich yanada oshadi", dedi Putin.

Rossiya prezidenti O‘zbekistonga sanoat hamda qishloq xo‘jaligi vazirlarining tashriflari samarali bo‘lganligini bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev ham o‘tgan qisqa davr ichida barcha sohalardagi munosabatlarda ijobiy o‘zgarishlar bo‘lganligini e’tirof etdi.

"Bu bizni judayam quvontiradi. Siz bilan erishilgan barcha kelishuvlarimiz ro‘yobga chiqmoqda", dedi O‘zbekiston prezidenti.

Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Uzbekistana Sh. Mirziyeyevim - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin o‘rtasida imzolangan hujjatlar

Mirziyoyev bugungi uchrashuv ham o‘zaro kelishuvlar amalga oshishiga xizmat qilishini bildirdi.

"Bugungi kunda biz e’tibor bermagan birorta ham yo‘nalish qolmaganligini yana bir bor aytmoqchiman. Bir yil ilgari hamkorlik qilayotganimiz haqida gapirardik, lekin tovar almashish faqat gaz sohasida edi. Hozir esa aksariyat sohalarda hamkorlik qilinmoqda, biznes, madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi hamkorlik butkul o‘zgacha tus oldi", dedi O‘zbekiston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, bugun Rossiyaning Sochi shahrida MDH davlatlari rahbarlari sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0