Dunyoda

BMT myanmalik musulmonlarga nega hujum uyushtirilgani haqida bayonot berdi

© FRED DUFOUR / AFPBejentsы roxindja posle vыsadki na beregu goroda Teknaf, Bangladesh
Bejentsы roxindja posle vыsadki na beregu goroda Teknaf, Bangladesh - Sputnik Oʻzbekiston
Myanma harbiylari qurollangan buddistlar bilan birgalikda amalga oshirgan hariy operatsiya vaqtida nafaqat turar joylar, balki ekinlar, omborxonalar va hatto daraxtlarga oʻt qoʻyishgan. Bularning barchasi myanmalik musulmonlar hech qachon qayta olmasliklari uchun qilingan

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Myanmadagi roxinya xalqlariga hujum oʻta puxta tashkillashtirilgan — ushbu harakatlar odamlarni mamlakatga qaytib kelmaydigan qilib chiqarib yuborishga qaratilgan, deyiladi inson huquqlari boʻyicha BMT Oliy komissari idorasining bir guruh ekspertlari tomonidan chorshanba kuni eʼlon qilingan bayonotda.

Qochoqlar Bangladesh-Myanma chegarasini kesib oʻtishmoqda - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston Myanmadagi qochqin musulmonlarga insonparvarlik yordamini yuboradi - TIV bayonoti
BMTning inson huquqlari boʻyicha organlari ekspertlari 14-24 sentyabr oraligʻida Bangladeshning Koks-Bozorida 65ta soʻrov oʻtkazishgan. Mazkur bayonot ushbu soʻrov asosida tayyorlangan. Ekspertlar Myanmada boʻlishmagan, deb yozadi RIA Novosti.

Hujjatga koʻra, shimoliy Rakxayn shtatida roxinyalarga qarashli xususiy mulklar, uylar va qishloqlarning yoʻq qilinishi usullari — bu tadbir puxta tashkillashtirilganidan dalolat beradi. Ekspertlar, qochqinlar orasida oʻtkazilgan soʻrovdan soʻng, politsiya uchastkalari va shtatdagi harbiylar shtab-kvartiralariga Roxinya musulmonlari tomonidan qisqa vaqtlik hujum uyushtirilishiga javoban butun boshli qishloq yoʻq qilinishi mumkinmas, degan xulosaga kelishgan.

Ekspertlarga koʻra, Myanma qurollangan kuchlari roxinya xalqi vakillarini, toki ularda qaytib kelish istagi qaytib tugʻilmasligi uchun, ataydan qoʻrqitishgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Erdoʻgʻon: musulmon birodarlarimiz Myanmada oʻta shavqatsiz munosabatlarga duch kelishmoqda

Chop etilgan maʼlumotga koʻra, Myanma harbiylari Shimoliy Rakxaynda istiqomat qiluvchi qurollangan buddistlar bilan kelishgan holda harakat qilishgan.

Operatsiya vaqtida nafaqat turar joylar, balki ekinlar, omborxonalar va hatto daraxtlarga ham oʻt qoʻyilgan. Bularning barchasi roxinyalar hech qachon qayta olmasliklari uchun qilingan.

Soʻrovda qatnashgan qochqinlarning aksariyati, harbiylar ovoz karnaylari orqali roxinyalarni Myanmani tark etishga chaqirganliklarini aytishgan. Guvohlar, deyiladi bayonotda, jinsiy zoʻravonliklar, kuch ishlatishlar, ommaviy qirgʻin-barot, shu jumladan, portlashlar, yongʻinlar va daydi oʻqlar tufayli halok boʻlgan insonlar haqida gapirishgan. Qayd etilishicha, Myanma harbiylari roxinya musulmonlari imomlari va oʻqituvchilariga qasddan hujumlar uyushtirganlar.

Granitsa Bangladesh-Myanma - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Xitoy nega Myanmani qoʻllab-quvvatlamoqda
BMTning inson huquqlari boʻyicha organlari "Shimoliy Rakxaynda qolayotgan yuz minglab roxinyalar taqdiridan" qattiq tashvishlangan holda, Myanma hukumatini insonparvarlik tashkilotlari va inson huquqlari sohasida ekspertlar uchun ziyon yetkazilgan hududlarga zudlik bilan yoʻl ochib berishga chaqirmoqda.

Migratsiya boʻyicha Xalqaro tashkilot maʼlumotiga koʻra, 25 avgustda boshlangan operatsiyadan buyon Myanmadan Bangladeshga 519 ming nafar roxinya musulmonlari kelishgan. Ularning hammasi qochqinlar uchun tashkil etilgan ikkita lagerlarga joylashtirilgan. Lagerlardan biri Koks-Bozorda tashkil etilgan. Bangladeshdagi roxinya qochqinlari soni ayni vaqtda 731 ming nafarni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala