Jasur Ibrohimovni mushtlashuvdan keyin uyiga olib borgan haydovchi qidirilmoqda

© NUZ.UZJasurbek Ibragimov
Jasurbek Ibragimov - Sputnik Oʻzbekiston
Jasurbek Ibrohimov oilasi boshiga tushgan musibatga befarq boʻlmagan odamlar yigitni mushtlashuvdan keyin uyiga olib borgan haydovchini izlashga tushishdi. Ular shu maqsadda Facebook ijtimoiy tarmogʻida post eʼlon qilishdi

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Facebook ijtimoiy tarmogʻidagi "Voditeli Tashkenta" guruhida joriy yilning 3 may sanasida Sodiq Azimov koʻchasidagi "Korzinka" supermarketi oldidan Jasur Ibrohimovni "M-4" dahasigacha olib borib qoʻygan haydovchini izlashmoqda, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana".

Avtomobil rusumigina maʼlum. Mashina rangi va davlat raqamini guvohlarning hech biri aniq aytib bera olmagan.

Lochinov Farhod Nazarovich, sud eksperti - Sputnik Oʻzbekiston
Jasur Ibrohimov ishi boʻyicha davlat sud eksperti koʻrsatma berdi
"Xayrli kech, hurmatli haydovchilar! Sizning yordamingiz juda zarur! Shu yilning 3 may kuni 145-maktab hududida Borovskiy nomidagi kollej talabalari oʻrtasida mushtlashuv roʻy bergan. Mushtlashuvdan soʻng, soat taxminan 14.10 — 14.30larda ushbu hodisa ishtirokchilaridan birini guvohlardan birini "Neksiya-2" rusumli mashinaga mindirgan. Taksi haydovchisi yoʻlovchini "M-4" dahasi hududida tushirib qoldirgan. Hurmatli haydovchilar, sizlarning birodarligingiz kuchiga ishonamiz va shu tufayli sizdan yordam soʻraymiz. Ushbu taksi haydovchisini topishga yordam bering. Har qanday maʼlumotga ega insonlardan menga murojaat qilishlarini iltimos qilaman. Barchangizga oldindan rahmat", — deb yozgan oilaning doʻsti Yekaterina.

Post muallifi, oʻsha kuni, qarindoshlari soʻzlariga koʻra, hamma yogʻi qon, kir va yirtilgan ust-boshda boʻlgan yigitni haydovchi eslab qolgan boʻlishiga shubha bildirmagan. Shuningdek, halok boʻlgan Jasurbekning ota-onalari ham oʻsha kuni oʻgʻillarini uyiga olib kelgan haydovchi sudga kelib haqqoniy koʻrsatma berishiga umid qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala