Mirzo Ulugbek Innovation Center va Innopolis universiteti o‘zaro hamkorlik qiladi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishUchebniy korpus universiteta v Innopolise
Uchebniy korpus universiteta v Innopolise - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tomonlar hamkorlikda mahsulot va ilmiy ishlanmalar yaratish hamda ularni ichki va tashqi bozorga olib chiqish, innovatsion faoliyatni yuksaltirish uchun qulay muhit shakllantirish bo‘yicha tajriba almashishni rejalashtirdi

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Innopolis universiteti va Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi o‘rtasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar innovatsion loyihalar, ilmiy ishlanmalar, yuqori texnologik markazlar, biznes-inkubatorlar, akselerator va kovorkinglar tashkil etish va rivojlantirish, texnoparklarni boshqarish bo‘yicha tajriba almashishga kelishishdi.

V sexe sborki zavoda kompanii Samsung Electronics - Sputnik O‘zbekiston
Innovatsiya markazi buyurtmalar qabul qilishni boshladi

Hujjatda hamkorlikda mahsulot va ilmiy ishlanmalar yaratish hamda ularni ichki va tashqi bozorga olib chiqish, innovatsion faoliyatni yuksaltirish uchun qulay muhit shakllantirish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan. Tomonlar turli venchur fondlar, grantlar va boshqa moliyaviy ko‘maklar orqali innovatsiya markazi rezidentlari va Innopolis universiteti talabalarini qo‘llab-quvvatlashni rejalashtirgan.

Memorandumga O‘zbekiston axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi rasmiy delegatsiyasining Tatariston Respublikasiga tashrifi doirasida Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultonov va Innopolis universiteti direktori Kirill Semenixin imzo chekishdi.

© Sayt Universiteta InnopolisInnopolis Universitet va Mirzo Ulugbek Innovation Center o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi
Universitet Innopolis i Innovatsionniy sentr Mirzo Ulugbek Innovation Center podpisali memorandum o vzaimoponimanii - Sputnik O‘zbekiston
Innopolis Universitet va Mirzo Ulugbek Innovation Center o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi

Ma’lumot uchun, Innopolis universiteti Rossiyaning axborot texnologiyalari va robototexnika sohasida ta’lim va ilmiy tadqiqotlarga ixtisoslashgan o‘quv yurti hisoblanadi.

Mirzo Ulugbek Innovation Center innovatsiya markazi O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 30-iyundagi farmoniga asosan tashkil etilgan bo‘lib, markazning asosiy maqsadi AKT sohasida ishlab chiqarish, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, iqtisodiyotning yuqori texnologik sohalari rivoji uchun qulay sharoitlarni yaratishdir.

Yangiliklar lentasi
0