Sport

Kontinental xokkey ligasida oʻzbek klubi paydo boʻlishi mumkin

© Sputnik / StringerStolichnыy xokkeynыy klub "Binokor"
Stolichnыy xokkeynыy klub Binokor - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirda KXLda yetti mamlakat – Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Latviya, Xitoy, Finlyandiya va Slovakiyadan 27 klub qatnashadi

TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Toshkent xokkey klubi yaqin ikki mavsum ichida Kontinental xokkey ligasida (KXL) paydo boʻlishi mumkin, dedi vaziyatdan xabardor manba "R-Sport" agentligiga.

Yangi muz saroyi - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Toshkentda xokkey oʻyinlari oʻtkaziladigan zamonaviy muz saroyi quriladi

Agentlik manbasining aytishicha, liga safini kelasi mavsum yoki 2019/20 mavsumda Toshkent jamoasi toʻldirishi mumkin. Ayni paytda Oʻzbekiston poytaxtida 12 ming tomoshabinga moʻljallangan "Humo Arena" muz saroyi qurilmoqda. Saroy qurilishi 2018 yil kuzida yakunlanishi moʻljallangan.

"Humo Arena" ochilganidan soʻng "Binokor" klubi KXL chempionatida uy uchrashuvlarini oʻtkazishi rejalashtirilmoqda. Klubning liga tarkibiga kirishi bevosita saroyning foydalanishga topshirilish muddatiga bogʻliq. Klub KXLning hamkorlaridan biri boʻlgan xalqaro ERIELL neft-servis guruhi tomonidan moliyalashtirilishi mumkin. ERIELL Oʻzbekistonda faol ish olib boradi va uning egalari KXLda oʻzbek klubi paydo boʻlishiga qiziqish bildirmoqda.

Hozirda KXLda yetti mamlakat – Rossiya, Belorussiya, Qozogʻiston, Latviya, Xitoy, Finlyandiya va Slovakiyadan 27 klub qatnashadi.

Xabar qilinishicha, Xalqaro xokkey federatsiyasi (IIHF) kongressida "Humo Arena" taqdimoti boʻlib oʻtgan. Taqdimotda Oʻzbekiston vakillari saroy ochilishiga bagʻishlab IIHF shafeligi ostida xokkey turniri oʻtkazish tashabbusi bilan chiqishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala