Iqtisod

Toshkentda yangi kichik sanoat zonasi tashkil etiladi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыy biznes-tsentr v Tashkente
Mejdunarodnыy biznes-tsentr v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Bugungi kunda Toshkentda 3ta kichik sanoat zonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, shu yilda yana 5ta, 2018 yilda 2ta zonalar tashkil etish rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 11 okt — Sputnik. Toshkent shahrida kelgusi ikki oy ichida yangi kichik sanoat zonasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Prezident Kыrgыzstana Almazbek Atambayev v xode vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva, pribыvshim v KR s gosudarstvennыm vizitom - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezidentlar Oʻzbekiston va Qirgʻiziston sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdi

Ushbu yangi sanoat zona poytaxtning Uchtepa tumanidagi sobiq "Signal" ilmiy-sanoat uyushmasi bino va inshootlari oʻrnida umumiy maydoni 5,1 gektar hududda tashkil etiladi. Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudining qaroriga asosan ushbu obʼyektlar toʻliq ravishda Toshkent shahar hokimiyati tasarrufiga oʻtadi.

Shuni taʼkidlab oʻtamizki, hozirgi kunda Toshkentda 3ta kichik sanoat zonasi faoliyat koʻrsatmoqda. Bundan tashqari, shu yilda 5ta, 2018 yilda 2ta zonalar tashkil etish rejalashtirilgan. Ishlab chiqarish maydonlar va yer uchastkalari 10 yil muddatli ijaraga taqdim etilmoqda.

Kelgusida kompaniyalar tomonidan loyihalarni amalga oshirish boʻyicha bitimlar shartlari toʻliq bajarilib, barcha soliqlar va majburiy toʻlovlar oʻz vaqtida toʻlangan taqdirda, ushbu muddat yana 10 yilga uzaytirilishi mumkin.

Kompaniyalar sanoat zona hududida mulk soligʻi va yuridik shaxslar uchun foyda va yagona soliq toʻlovlaridan ikki yilga ozod qilinadi. Imtiyozlar yana ikki yilga uzaytirilishi mumkin. Buning uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 30 foizi eksportga joʻnatish sharti bajarilgan boʻlishi kerak.

Ximicheskiye udobreniya - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
2022 yilgacha Oʻzkimyosanoat korxonasi 3,1 mlrd $lik loyihalarni amalga oshiradi

Oʻzbekistonda jami kichik sanoat zonalarning soni 96 taga yetgan. Ushbu zonalarda mingdan ortiq umumiy qiymati 535 mlrd soʻmlik loyihalar amalga oshirilgan. Yangi ishlar chiqarish korxonalarni tashkil etish natijasida 9,6 mingdan ortiq yangi ish oʻrinlar yaratildi.

Sanoat zonalar turli loyihalar doirasida ishlab chiqarilgan mahsulotlarga nafaqat ichki bozorda talab oshmoqda, balki tashqi bozorlarga yengil sanoat, kimyo, oziq-ovqat, elektrotexnika, zamonaviy qurilishi materiallari, mebel va boshqa tayyor mahsulotlar yetkazilmoqda. Bundan tashqari, 248ta istiqbolli loyihalarni amalga oshirish davomida qoʻshimcha 11 ming yangi ish joylari ochish rejalashtirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala