Jamiyat

Qozogʻiston parlamenti Oʻzbekistonga avtobus yoʻnalishlari ochilishini maʼqulladi

© Sputnik / Mixail VoskresenskiyPassajirы na avtovokzale
Passajirы na avtovokzale - Sputnik Oʻzbekiston
Yil oxiriga qadar Oʻzbekiston va Qozogʻistonning yirik shaharlari oʻrtasida avtobus qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi

TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Qozogʻiston parlamenti yuqori palatasi deputatlari Oʻzbekiston bilan xalqaro avtomobil qatnovi toʻgʻrisidagi bitimga oʻzgartirishlar, xususan, yoʻlovchi avtobuslar qatnovini yoʻlga qoʻyish haqida oʻzgartirish kiritilishini maʼqulladi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.

Reysovыe avtobusы - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida avtobuslarning muntazam qatnovi yoʻlga qoʻyiladi

Sentyabr oxirlarida mazkur qonun loyihasi koʻrib chiqilgan va respublika parlamentining quyi palatasi tomonidan maʼqullangandi.

Qozogʻiston investitsiya va taraqqiyot vaziri Jenis Qosimbekning aytishicha, hozirda Qozogʻiston va Oʻzbekiston oʻrtasida yoʻlovchi avtobuslar qatnovi mavjud emas. Hukumatlararo bitimga kiritilgan oʻzgartirishlar kuchga kirganidan soʻng ikki mamlakatning yirik shaharlari oʻrtasida muntazam ravishda yoʻlovchi avtobuslar qatnovi ochiladi. Qatnovlarni joriy yil oxiriga qadar yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. Vazirning soʻzlariga koʻra, har bir tashuvchiga maʼlum yoʻnalish boʻyicha besh yil davomida faoliyat koʻrsatish huquqi beriladi.

Qonun loyihasi imzolash uchun davlat rahbariga taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala