Sputnik XIX butunjahon yoshlar va talabalar festivalini qo‘llab-quvvatlaydi

© SputnikSputnik
Sputnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Agentlik mazkur tadbirning xalqaro axborot hamkori sifatida qatnashadi. Sputnik stendida ishtirokchilar festival yangiliklari, Rossiya va dunyo xabarlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi

TOShKENT, 13 okt – Sputnik. Sputnik xalqaro informatsion agentligi va radiosi Sochida 14-22 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan XIX butunjahon yoshlar va talabalar festivalini batafsil yoritib boradi. Agentlik mazkur tadbirning xalqaro axborot hamkori sifatida qatnashadi. Sputnik stendida ishtirokchilar festival yangiliklari, Rossiya va dunyo xabarlari bilan tanishishlari mumkin bo‘ladi.

Hafta davomida Sputnik axborot stendida faoliyat yurituvchi radiostudiya efirida siyosatchilar, artistlar, jahon miqyosidagi sportchilar hamda global muammolarga nisbatan o‘z qarashiga ega yoshlar chiqishlar qiladilar.

Festival yangiliklari hamda xalqaro xabarlar bilan onlayn rejimida ishlovchi maxsus videodevorda tanishish mumkin bo‘ladi. Sputnikning jahonning turli nuqtalarida joylashgan 15ta xalqaro tahririyati axborotlar bilan ta’minlab boradi.

XIX butunjahon yoshlar va talabalar festivali 14-22 oktabr kunlari Sochida bo‘lib o‘tadi va 180dan ortiq mamlakatning 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan 20 ming nafar yosh professionallarini jamlaydi.

Sputnik (sputniknews.com) — o‘nlab mamlakatlarda multimedia xablariga ega bo‘lgan xalqaro agentlik va radio. Sputnik 30dan ortiq tilda (ingliz, arab, ispan, italyan, xitoy, polyak, portugal, serb, turk, fransuz, hind, o‘zbek, qirg‘iz, tojik) o‘z saytlariga ega, jahonning 80dan ortiq shahrida analog va raqamli radioeshittirishlar olib boradi, mobil ilovasi va ijtimoiy tarmoqlarda sahifalari mavjud.

Yangiliklar lentasi
0