Shavkat Mirziyoyev istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Xorazmga keldi

© Press-slujba prezidenta RTPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na vstreche s glavoy Tatarstana Rustamom Minnixanovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezidentning Xorazm viloyatiga safari davomida avvalgi tashrifda belgilangan rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishishi, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilanishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 14 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish, istiqboldagi vazifalarni belgilash maqsadida Xorazm viloyatiga keldi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Zapovednik Ichan Kala . Gorod Xivi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Xiva va Xorazmga keladigan turistlar sonini 2 baravarga oshirmoqchi

Prezidentning Xorazm viloyatiga safari davomida avvalgi tashrifda belgilangan rejalar qanday amalga oshirilayotgani bilan tanishishi, hudud taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha istiqboldagi dolzarb vazifalar belgilanishi rejalashtirilgan.

Davlat rahbari shu yilning 27-28 yanvar kunlari Xorazmga tashrifi chog‘ida viloyat iqtisodiyotini rivojlantirish, sanoat va qishloq xo‘jaligini tarkibiy o‘zgartirish, ijtimoiy obyektlar barpo etish va infratuzilmani yaxshilash, aholi turmush darajasini oshirish bo‘yicha qator vazifalarni belgilab bergan edi.

Shunga muvofiq, o‘tgan davrda hududda ko‘plab yangi korxonalar, kichik biznes subyektlari, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etildi. Turizm, to‘qimachilik, baliqchilik, parrandachilik, irrigatsiya va boshqa sohalarda istiqbolli loyihalar amalga oshirildi. Uy-joylar, shifoxonalar, maktab va san’at dargohlari qurildi. Yana qator loyihalar bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0