Iqtisod

Toshkentda yettita yangi zavod tashkil etish uchun 178 mln dollar yoʻnaltiriladi

Sergeli tumanidagi Janubiy sanoat hududida salqinlatuvchi ichimliklar, pivo, likyor-aroq mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, metall qopqoqlar va stiker-markalar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda shishasozlik uchun xomashyo materiallarini boyitish zavodi tashkil qilinadi

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Markaziy Osiyoda yetakchi boʻlgan shisha idishlar ishlab chiqaruvchi Asl Oyna kompaniyasi oʻz quvvatlarini kengaytirish uchun 178 million dollar sarflaydi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Korxona 3ta shisha eritish pechlari va shisha mahsulotlari uchun xomashyo materiallarini boyitish zavodini barpo etish hisobiga ishlab chiqarishni uch baravarga oshirib, 200 million shartli birlikdan 600 millionga yetkazishni koʻzda tutmoqda. Buning uchun qiymati 130 million dollarlik texnologik qurilmalar sotib olinadi.

Quvvatlarning ishga tushishi natijasida kamida mingta yangi ish oʻrni yaratiladi.

Ofis kompanii Siemens v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Simens" Oʻzbekistonda zavod qurish masalasini muhokama qildi

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston rekonstruktsiya va taraqqiyot fondining 100 million dollarlik imtiyozli krediti hamda Milliy bankning 30 million dollarlik va va boshqa manbalarning investitsiyalari yoʻnaltiriladi.

Qolgan mablagʻlar Toshkentning Sergeli tumanidagi Janubiy sanoat hududi negizida birdaniga yettita yangi zavod barpo etishga yoʻnaltiriladi. Xususan, bu yerda salqinlatuvchi ichimliklar, pivo, likyor-aroq mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, metall qopqoqlar va stiker-markalar ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda shishasozlik uchun xomashyo materiallarini boyitish zavodi tashkil qilinadi.

Asl Oyna — Toshkentda joylashgan boʻlib, Markaziy Osiyodagi shisha mahsulotlari ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Korxona mahsulotlari Oʻzbekistonning UzCarlsberg, Toshkentvino, "Oʻzbekiston Shampani", "Mehnat" zavodlariga hamda qozoq, turkman, qirgʻiz, tojik ishlab chiqaruvchilariga yetkazib beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala