Iqtisod

Oʻzbekiston avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarini qurishdan voz kechmoqda

© Sputnik / StringerV Uzbekistane startoval protsess rebrendinga zapravok UzGazOil
V Uzbekistane startoval protsess rebrendinga zapravok UzGazOil - Sputnik Oʻzbekiston
Mavjud AGQShlar bosqichma-bosqich ravishda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stantsiyalariga (AGTKS) aylantiriladi

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Oʻzbekiston hukumati mahalliy hokimiyatlarga 2017 yil 1 dekabrdan boshlab yangi avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari (AGQSH) qurish uchun yer ajratishni taqiqladi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Ofis kompanii Lukoyl v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
"Lukoyl" butun Oʻzbekiston boʻylab yonilgʻi quyish shoxobchalari quradi

Bunda, mavjud AGQShlar bosqichma-bosqich ravishda avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor stantsiyalariga (AGTKS) aylantiriladi. Yoqilgʻi quyish shoxobchalarini oʻzgartirishning batafsil rejasi shu yilning dekabr oyi oʻrtalariga qadar ishlab chiqiladi.

Uskunalar sotib olishni yengillashtirish va tannarxni kamaytirish maqsadida "Oʻzbekneftegaz" Janubiy Koreyaning NK Group kompaniyasi bilan hamkorlikda statsionar va koʻchma AGTKSlar uchun uskunalar, butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish, shuningdek, ularga servis xizmati koʻrsatish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etadi.

2019 yil oxiriga qadar respublika boʻylab 178ta yoqilgʻi quyish shoxobchasini qurish rejalashtirilmoqda, eng koʻp shoxobchalar Toshkent viloyati —31ta va Qoraqalpogʻistonda – 25ta – quriladi. Mamlakatda hozirda 569ta shunday shoxobcha mavjud.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala