Jamiyat

"Tashkent City"da quriladigan binolarning balandligi 40 qavatgacha boʻladi

© FacebookOdobrena kontseptsiya Tashkent city
Odobrena kontseptsiya Tashkent city - Sputnik Oʻzbekiston
Ushbu hududda konferentsiya va koʻrgazma markazlari, gipermarketlar, koʻplab savdo maydonlari, restoran va kafelar quriladi

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Islom Karimov, Alisher Navoiy shohkoʻchalari, Furqat va Olmazor koʻchalari orasida 80 gektar maydonda joylashadigan "Tashkent City" xalqaro biznes markazining kontseptsiyasi maʼqullandi. Bu haqda "Tashkent City"ning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida maʼlum qilindi.

"Tashkent City" biznes markazi seysmik xususiyatlar, shaharning arxitektura qiyofasi, Markaziy Osiyo shaharsozlik anʼanalaridan kelib chiqqan holda tabiat bilan hamohanglikda barpo etiladi.

Biznes ofis, mehmonxona va apartamentlar uchun moʻljallangan, zamonaviy texnologiyalar boʻyicha bunyod etiladigan binolarning balandligi 40 qavatdan oshmaydi, turarjoylarning balandligi esa 12 qavatgacha boʻladi.

Bundan tashqari, ushbu hududda konferentsiya va koʻrgazma markazlari, gipermarketlar, koʻplab savdo maydonlari, restoran va kafelar quriladi. Binolar ostida avtoturargohlar joylashadi.

Sahifada bildirilishicha, "Tashkent City"dagi savdo-koʻngilochar majmualar va park hududlaridagi qulayliklar poytaxt aholisi va mehmonlarini jalb etadi.

Loyihani amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasi huzurida direktsiya tashkil etilgan boʻlib, u xorijlik va mahalliy investorlarni birlashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala