Jamiyat

Xivada uch yil ichida 20ga yaqin mehmonxona quriladi

© Flickr / Jean-Pierre DalbéraXiva gorod v Xorezmskoy oblasti Uzbekistana
Xiva gorod v Xorezmskoy oblasti Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida "Farovon" mehmonxonasining qurilish uchastkasida boʻldi

TOSHKENT, 14 okt – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga tashrifi doirasida "Farovon" mehmonxonasining qurilish uchastkasida boʻldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mejdunarodnыy aeroport «Urgench» - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Prezident Urganch aeroportida bajarilgan rekonstruktsiya ishlari bilan tanishdi

"Bu yerga kelishimizning asosiy maqsadlaridan biri Xivani turistik zonaga aylantirish boʻyicha qilayotgan saʼy-harakatlarimizni yana bir bor tahlil qilishdan iborat", dedi davlat rahbari.

Prezidentning soʻzlariga koʻra, kelgusi uch yilda Xivada 20 ga yaqin mehmonxona quriladi.

Xiva shahri Amir Temur koʻchasida qurilishi rejalashtirilgan "Farovon" mehmonxonasi qadimiy meʼmorchilik uslubida 3 qavatli qilib bunyod etiladi. Unda turli darajadagi mehmonlarga moʻljallangan xonalar, konferentsiya zallari, sport maydonchalari, restoranlar, koʻngilochar maskanlar va boshqa imkoniyatlar boʻladi. Mehmonxonaga frantsiyalik ishbilarmonlar investitsiya kiritadi. Mehmonxona besh yulduzli, respublikadagi eng yaxshi mehmonxonalardan biri boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala