Jamiyat

Uzmobile yoshlar uchun tarif rejasini taqdim etdi

Unga ulanishning yagona sharti Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqiga aʼzolik boʻlib hisoblanadi

TOSHKENT, 14 okt — Sputnik. Uzmobile milliy mobil aloqa operatori "Yoshlar" tarif rejasini taqdim etdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Mazkur tarif mamlakatdagi millionlab yoshlarga imtiyozli soʻzlashuv imkonini beradi.

Mashina mobilnoy laboratorii operatora svyazi Uzmobile - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Uzmobile 1,5 yilda butun Uzbekiston hududini LTE tarmogʻi bilan qoplaydi

"Yoshlar" tarif rejasi abonenti har oy oʻz hisobini 5 ming soʻmga toʻldirib borib, tarif rejasi ichida bepul muloqot qilish imkoniga ega boʻladi, tarmoq ichida va Oʻzbekiston boʻylab chiquvchi aloqaning 1 daqiqasi – 25 soʻm, 1 MB Internet – 25 soʻm, 1 xalqaro SMS– 500 soʻm. Barcha kiruvchi qoʻngʻiroqlar bepul.

"Mazkur tarif rejasining joriy etilishi mamlakatimiz boʻyicha millionlab yoshlarga bir tarmoqda birlashish, haqiqatan ham yoshlar uchun sifatli va hamyonbop narxdagi aloqa imkonini beradi. Biroq eng asosiysi – tarif reja ichida muloqot mutlaqo bepul. Unga ulanishning yagona sharti Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqiga aʼzolik boʻlib hisoblanadi.

Endi Yoshlar Ittifoqi aʼzosi boʻlib, mamlakatimizning faol yosh yigit va qizlari suhbat narxidan xavotirlanmay, oʻzaro cheksiz muloqot qila oladilar", dedi "Oʻzbektelekom" kompaniyasi matbuot xizmati rahbari Aleksandr Suchkov.

Ijtimoiy yoʻnaltirilgan bunday loyiha Oʻzbekistonda birinchi loyiha boʻlib, uning asosiy maqsadi mamlakatdagi barcha yoshlarni Vatanga muhabbat va vatanparvarlik ruhida birlashtirishdan iborat.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala