2018 yildan oliygohlarga imtihonlar 15 kun davomida oʻtkaziladi

© Sputnik / Pavel LisitsыnAbituriyent
Abituriyent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
Yandex newsTelegram
2018/2019 oʻquv yilida test jarayoni 15 kun davomida oʻtkaziladi va uning javoblari imtihonning ertasiga chiqadi

TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. 2018-yilda davlat test sinovlarining javoblari ertasi kuni eʼlon qilinadi, deb xabar qildi Uz24 nashri Davlat test markazi direktori Majid Karimovga tayanib.

Imtihonga tayyorgarlik - Sputnik Oʻzbekiston
Abituriyentmi yo jinoyatchi: 1-avgust tomoshalari
"Test sinovlari shaffof va haqqoniy oʻtishini taʼminlash maqsadida ushbu tizimni takomillashtirish hamda abituriyentlar, ota-onalarga yengilliklar tugʻdirish maqsadida mavjud tizimni isloh qilish talab etildi.

Bu boʻyicha hozirda katta ishlar olib borilyapti. Yaʼni yangi 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab, test jarayonini bir kunda emas, 15 kun davomida oʻtkazish, test materiallarini abituriyentlarning oʻziga berish, natijasini esa imtihonning ertasiga eʼlon qilish vazifalari qoʻyilgan.

Shuningdek, test jarayonini katta pavilon, sport majmualarida oʻtkazish, oshkoralikni taʼminlash uchun videokuzatuv hamda onlayn translyatsiyalarni tashkil qilish vazifalari ham qoʻyilgan", — deb aytgan DTM rahbari.

Yangiliklar lentasi
0