TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. «Oʻzgidromet» markazi maʼlumotlariga koʻra, 18 oktyabrdan Oʻzbekistonda havo haroratining keskin sovishi, yomgʻir yogʻishi va shamol tezligining kuchayishi kutilmoqda.
Xabarda aytilishicha, 18 oktyabr kuni havo harorati kunduzi oʻrtacha +12…+17, kechasi — +9…+14 darajagacha tushadi. 19-20 oktyabr kunlari esa harorat +15…+20, kechasi +5…+10 darajaga yetadi.
Chorshanba kuni respublika boʻylab yogʻingarchiliklar va kuchli shamol kuzatiladi. Shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi.