TOSHKENT, 16 okt — Sputnik. Checheniston prezidenti Ramzan Qodirov mingan samolyot bugun bugun soat 10-00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qoʻndi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Hukumatdagi manbaning maʼlumotiga koʻra, Checheniston prezidentining tashrif dasturi ikki kunga moʻljallangan. 16-17 oktyabrda Qodirov Toshkentdagi bir qator obʼyektlarga tashrif buyuradi. Ular ichida Artel zamonaviy texnika va elektronika zavodi hamda meva-sabzavotlarni qayta ishlash eksport qilish Gold Dried Fruits Export kompaniyalari bor.
Shuningdek, Oʻzbekiston poytaxtining eng yirik ikkita — Hazrati imom (Xastimom) majmuasi va Shayx Zayniddin jome masjidlari bilan tanishadi.
Kuning ikkinchi davomida Checheniston prezidenti Ramzan Kadirov Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashadi. Uchrashuvda mintaqaviy va davlatlararo hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.