Toshkentda uchrashuv chog‘ida Qodirov Mirziyoyev bilan nima haqda suhbatlashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaRamzan Qodirov Shavkat Mirziyoyev qabulida
Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyev qabulida - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ramzan Qodirov O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbat so‘ngida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi

TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-oktabr kuni mamlakatga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi, deb xabar qildi o‘zbek OAVlari.

Glava Chechenskoy Respubliki Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov O‘zbekistonga keldi
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. O‘zaro savdo hajmi va nomenklaturasini kengaytirish, iqtisodiy, madaniy-gumanitar sohalarda qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ramzan Qodirov Mirziyoyevga samimiy qabul hamda otasi Ahmad hoji Qodirov tahsil olgan islom sivilizatsiyasining tarixiy markazlarini ziyorat qilish maqsadida mamlakatga tashrifini tashkil qilgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, u ko‘p millatli o‘zbek xalqiga chuqur ehtiromini bildirib, Mirziyoyevning millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini targ‘ib qilish borasida olib borayotgan siyosati va xalqaro tashabbuslariga yuksak baho berdi.

Suhbat so‘ngida Ramzan Qodirov ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashda faol ishtirok etishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Yangiliklar lentasi
0