Buxoro shahri kuni festivali o‘tkaziladi

Obuna bo‘lish
Festival doirasida marafon, savdo yarmarkalari, milliy hunarmandchilik mahorat darslari, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi va boshqa turli tanlovlar, ko‘rgazma, ilmiy-amaliy konferensiya va gala konsert o‘tkaziladi

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. 2017 yil 22-oktabr kuni "Buxoro — Sharq gavhari" shiori ostida "Buxoro shahri kuni" festivali o‘tkazilishi belgilangan, deb xabar qildi O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Buxoro - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro brendini dunyoga targ‘ib qilish ishlari boshlandi
Festival doirasida marafon, savdo yarmarkalari, milliy hunarmandchilik mahorat darslari, milliy taomlar ko‘rik-tanlovi va boshqa turli tanlovlar, ko‘rgazma, ilmiy-amaliy konferensiya va gala konsert o‘tkaziladi.

Shuningdek, festival doirasida: "Men Buxoroni sevaman" marafoni; "Buxoro — sharq gavhari" shiori ostida foto va video roliklar ko‘rik-tanlovi; "Buxoro shahri kuni" festivali doirasida savdo yarmarkasi; Buxoro milliy hunarmandchiligi maktablarining mahorat namoyishlari; "Buxoroning shohona taomi" ko‘rik-tanlovi va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkazilishi belgilangan.

Qo‘mita barchani festivalga taklif etib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0