Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinozdagi 80dan ortiq bo‘sh turgan obyektlar ishga tushiriladi

© REVIEW.uzPromzona «Chirchik”
Promzona «Chirchik” - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Chinoz tumani hududida avval xususiylashtirilgan hamda bugungi kunda bo‘sh turgan 41 ta obyekt aniqlangan

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. Toshkent viloyatining uchta shahrida o‘tkazilgan xatlovlardan so‘ng o‘nlab bo‘sh turgan obyektlar mavjudligi aniqlandi. Ular negizida yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish ko‘zda tutilmoqda.

Davlat raqobat qo‘mitasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Chinoz tumani hududida avval xususiylashtirilgan hamda bugungi kunda bo‘sh turgan 41 ta obyekt aniqlangan. Mazkur obyektlarning jami qurilish maydoni 52,3 ming kv.metrni, egallagan yer maydonlari 48,2 gektarni tashkil etadi. Ushbu obyektlar qatoriga sobiq "Keramzit shag‘al korxonasi","Mebel fabrikasi" va "Chinoz bosh pillaxonasi" kabi yirik ishlab chiqarish majmualari ham kiritilgan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vo vremya vizita v Surxandarinskuyu oblast - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev obyektlarning xususiylashtirilgandan keyingi ahvoli bilan qiziqmoqda

Hozirda Chinoz tumanidagi bo‘sh obyektlardan 30 tasi negizida mulkdorlar tomonidan yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi berilgan.

Yangiyo‘l va Chirchiq tumanlarida ham xatlovlar o‘tkazilgan. Yangiyo‘l tumani hududida avval xususiylashtirilgan hamda bugungi kunda bo‘sh turgan 23 ta obyekt aniqlanlangan bo‘lib, bu obyektlarning jami qurilish maydoni 50 ming kv.metrni, egallagan yer maydonlari 20,6 gektarni tashkil etadi.

Chirchiq shahri hududida esa 70 ta ana shunday obyekt mavjud bo‘lib, mazkur obyektlarning jami qurilish maydoni 235 ming kv.metrni, egallagan yer maydonlari 50 gektarni tashkil etadi.

Yangiyo‘ldagi 23 ta va Chirchiq shahridagi 34 ta bo‘sh obyektlar negizida mulkdorlar tomonidan yangi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini ishga tushirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish taklifi berilgan.

Qayd etish joiz, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 23-fevraldagi qaroriga muvofiq, qurilishi tugallanmagan obyektlar va bo‘sh turgan ishlab chiqarish maydonlaridan samarali foydalanishni ta’minlamagan mulkdorlarga nisbatan soliq idoralari tomonidan ta’sirchan soliq mexanizmlarini qo‘llash belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qurilishi tugallanmagan obyektlarni o‘z nazoratiga oladi

Shuningdek, O‘zbekiston prezidentining 2017-yil 23-fevralda qabul qilingan qaroriga muvofiq, joylarda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari boshchiligida Idoralararo komissiyalar tuzilgan. Ushbu komissiyalarga avval xususiylashtirilgan korxona va obyektlarning qaytadan to‘la quvvatda va samarali ishlashini ta’minlash vazifasi yuklatilib, tadbirkorlarning investitsiya loyihalarini amalga oshirishida amaliy yordam berish bo‘yicha ko‘plab vakolatlar berilgan.

Davlat raqobat qo‘mitasi investitsiya loyihalarini amalga oshirish istagida bo‘lgan avval xususiylashtirilgan obyektlarning mulkdorlari duch kelgan to‘siq yoki muammolar yuzasidan (8-371) 259-20-23, 259-20-53, 259-21-14 telefon raqamlariga murojaat qilishi mumkinligini bildirmoqda.

Yangiliklar lentasi
0