Sport

Oʻzbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy tayinlandi

© REUTERS / StringerSbornaya Uzbekistana po futbolu proigrala sbornoy Kitaya so schetom 0:1
Sbornaya Uzbekistana po futbolu proigrala sbornoy Kitaya so schetom 0:1 - Sputnik Oʻzbekiston
JCH-2018 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi isteʼfoga chiqarilgan va OʻFF rahbariyati terma jamoa boshqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinishi haqida aytib oʻtgandi

TOSHKENT, 17 okt — Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasini xorijdan mutaxassis topilguniga qadar "Nasaf" ustozi Roʻziqul Berdiyev vaqtincha boshqaradi. Bu haqda SPORTS.uz axborot portali maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz, JCH-2018 saralash bosqichidagi muvaffaqiyatsiz ishtirok sabab Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi isteʼfoga chiqarilgan va OʻFF rahbariyati terma jamoa boshqaruviga xorijlik murabbiy olib kelinishi haqida aytib oʻtgandi.

Portalda yoxilishicha, noyabr oyida boʻlib oʻtishi kutilayotgan Qatarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi Berdiyev uchun terma jamoadagi debyut oʻyini boʻlishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala