Turizm

2018 yil bahorida ilk bor "Parij–Samarqand" aviaparvozi amalga oshiriladi

© Commons.wikimediaSamolyot aviakompanii "Uzbekiston xavo yullari"
Samolyot aviakompanii Uzbekiston xavo yullari - Sputnik Oʻzbekiston
Frantsiyaga tashrif chogʻida 2018 yilning 30 martidan 3 apreliga qadar Samarqandda Parij hududi turistik kompaniyalar assotsiatsiyasining yillik anjumanini oʻtkazishga kelishib olingandi

TOSHKENT, 17 okt – Sputnik. Davlat turizmni rivojlantirish qoʻmitasi raisi Ravshan Usmonov Les Entreprises du Voyage île de France Parij hududi turistik kompaniyalar assotsiatsiyasi prezidenti L.Rabiyeni qabul qildi.

22-ya Tashkentskaya mejdunarodnaya yarmarka Turizm na shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
"Ipak yoʻlida turizm" - Toshkentda xalqaro turizm yarmarkasi ochildi

Uchrashuv Davlat turizm qoʻmitasi delegatsiyasining Parijga TOP RESA 2017 turizm koʻrgazmasida ishtirok etish uchun amalga oshirgan tashrifining mantiqiy davomi boʻldi, deb yozadi qoʻmita matbuot xizmati.

Frantsiyaga tashrif chogʻida 2018 yilning 30 martidan 3 apreliga qadar Samarqandda Parij hududi turistik kompaniyalar assotsiatsiyasining yillik anjumanini oʻtkazishga kelishib olingandi.

Samarqandda oʻtkaziladigan anjuman doirasida "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasi ilk bor "Parij-Samarqand" yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri parvozni amalga oshiradi.

Uchrashuv chogʻida anjumanning tashkiliy qismiga oid dastur muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala