Checheniston prezidenti Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrlarini ziyorat qildi

Obuna bo‘lish
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bugun Samarqandga tashrif buyurdi

TOShKENT, 17 okt – Sputnik. O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov bugun Samarqandga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi ma’lum qildi.

Glava Chechni Ramzan Kadirov pomolilsya s musulmanami v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Ramzan Qodirov Toshkentga tashrifi chog‘ida otasi ta’lim olgan oliygohda bo‘ldi

Tashrif O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilish bilan boshlandi. Qabr oldida taomilga ko‘ra, Qur’oni karim tilovat qilindi.

Martabali mehmon marhum prezident dafn etilgan hududda barpo etilayotgan yodgorlik majmuasi bilan yaqindan tanishdi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmalari asosida takomillashtirilayotgan majmuada olib borilayotgan ishlar Checheniston rahbarida katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, Ramzan Qodirov Imom Buxoriy majmuasiga tashrifi asnosida Imom Buxoriy hazratlarining qabrini ziyorat etar ekan, u kishiga bo‘lgan yuksak ehtiromini izhor etdi. Qur’oni karim oyatlaridan o‘qilib, duo qilindi. Mehmon majmua tarixi bilan tanishib, dunyo ahli tan olgan buyuk imomga ko‘rsatilayotgan davlat darajasidagi e’tiborni yuksak baholadi.

Mehmonlar tashrif davomida "Xo‘ja Doniyor" ziyoratgohi, buyuk sahoba Qusam ibn Abbos (r.a.) mangu qo‘nim topgan "Shohi Zinda" majmuasi va "Registon" ansamblini ham ziyorat qilishdi.

Yangiliklar lentasi
0